INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI RAQAMLI DISKURSIDA (IJTIMOIY TARMOQLAR) LEKSIK-SEMANTIK TRANSFORMATSIYALAR
Lexico-Semantic Transformations in English and Uzbek Digital Discourse (Social Media)
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarining raqamli diskursida, xususan, ijtimoiy tarmoqlar kommunikatsiyasida kuzatilayotgan leksik-semantik o‘zgarishlar qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida neologizmlarning shakllanishi, ma’no kengayishi va ixtisoslashuvi, metaforik ko‘chish, inglizcha birliklarning o‘zbek tiliga o‘zlashuvi hamda kod almashinuvi kabi hodisalarga alohida e’tibor qaratiladi. Raqamli muhitning so‘z ma’nosi, qo‘llanish doirasi va pragmatik yukiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilib, ingliz tilidan kirib kelayotgan internet leksikasining o‘zbek tilining fonetik, morfologik va semantik tizimiga moslashish xususiyatlari ochib beriladi. Natijada ikki til raqamli diskursiga xos umumiy tendensiyalar hamda milliy-lisoniy farqlar tavsiflanadi.
The article offers a comparative examination of lexical-semantic change in English and Uzbek digital discourse, with particular emphasis on language use in social media. It considers the formation of neologisms, semantic broadening and specialization, metaphorical extension, the borrowing of English digital vocabulary into Uzbek, and patterns of code-switching. The analysis focuses on the ways in which online communication reshapes lexical meaning, usage, and pragmatic function, while also tracing the phonetic, morphological, and semantic adaptation of English-origin items in Uzbek. The findings reveal both shared tendencies in digitally mediated language change and language-specific features that reflect the structural and sociocultural characteristics of English and Uzbek.