KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA TALQINLARI
Theoretical Foundations and Interpretations of the Concept in Cognitive Linguistics
Mazkur maqolada kognitiv tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kognitiv semantikaning nazariy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda kognitiv semantikaning shakllanishi, uning an’anaviy semantikadan farqli jihatlari hamda til, tafakkur va bilim o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilingan. Shuningdek, konsept tushunchasining mohiyati, uning kognitiv tilshunoslikdagi o‘rni va ahamiyati yoritilib, rus va o‘zbek tilshunoslari tomonidan ilgari surilgan ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada konseptning mental birlik sifatidagi xususiyatlari, konseptualizatsiya va kategoriyalashtirish jarayonlari bilan bog‘liqligi hamda lingvomadaniy mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot natijasida konsept inson tafakkurida shakllanadigan murakkab kognitiv birlik bo‘lib, til, madaniyat va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlovchi asosiy kategoriya ekanligi asoslangan.
This article examines the theoretical foundations of cognitive semantics as one of the major branches of cognitive linguistics. The study analyzes the formation and development of cognitive semantics, its distinctive features compared to traditional semantics, and the interrelationship between language, cognition, and knowledge. Particular attention is paid to the notion of concept, its role and significance in cognitive linguistics. The views of Russian and Uzbek linguists on the nature of concepts are comparatively analyzed, revealing their characteristics as mental structures, products of cognition, and linguocultural phenomena. The research demonstrates that a concept is a complex cognitive unit formed in human consciousness and serves as a key category connecting language, culture, and thought.