“DEVONU LUG‘OTIT TURK” – QADIMGI TURKIY DUNYO ENSIKLOPEDIYASI
Dīwān Lughāt al-Turk” – An Encyclopedia of the Ancient Turkic World
Ushbu maqolada XI asr olimi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganiladi. Asarda turkiy xalqlarning til tizimi, madaniy hayoti, urf-odatlari va dunyoqarashi haqida muhim ma’lumotlar mujassam. Tadqiqotda ayrim qadimgi so‘zlarning hozirgi o‘zbek tilidagi shakllari bilan taqqoslanishi orqali ularning fonetik, morfologik va semantik rivojlanishi tahlil qilinadi. Maqola Koshg‘ariy merosining bugungi tilshunoslikdagi o‘rni, turkiy tillar tarixini o‘rganishdagi ahamiyati hamda asarning ensiklopedik xususiyatlarini ko‘rsatib beradi. Tadqiqot yakunlari ushbu asarning turkiy xalqlar madaniy merosi va tarixini anglashda beqiyos manba ekanini tasdiqlaydi.
This article examines Mahmud al-Kashgari’s “Devonu lug‘otit turk” from a linguistic and cultural perspective. The work contains valuable information about the language system, traditions, worldview, and social life of ancient Turkic peoples. By comparing selected ancient Turkic words with their modern Uzbek equivalents, the study analyzes their phonetic, morphological, and semantic evolution. The article emphasizes the significance of al-Kashgari’s legacy in modern Turkic linguistics and highlights the encyclopedic nature of the work. The results demonstrate that the book is an indispensable source for understanding the cultural and linguistic history of the Turkic world.