Kirish
2026/2-son

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z USTIDA ISHLASH ORQALI O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH ILMIY-METODIK MUAMMO SIFATIDA

Developing Students' Speech through Work on Words in Primary School Mother Tongue Lessons as a Scientific-Methodological Issue

I
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
MAGISTR
Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z ustida ishlash asosida o‘quvchilar nutqini rivojlantirish muammosi zamonaviy pedagogika va lingvodidaktika nuqtayi nazaridan ilmiy-metodik jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida nutq faoliyatining psixolingvistik asoslari, o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish mexanizmlari hamda lug‘at ustida ishlashning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda me’yoriy hujjatlar va ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy va umumlashtirish usullaridan foydalanildi. L.S. Vygotskiy, A.A. Leontev, D.B. Elkonin, K.D. Ushinskiy, M.R. Lvov, T.G. Ramzayeva hamda o‘zbek olimlarining qarashlari umumlashtirilib, so‘z ustida ishlashni kompleks metodik tizim asosida tashkil etish va natijalarni baholash masalalari hali to‘liq yoritilmagani ko‘rsatib berildi.

Abstract

This article scientifically and methodologically examines the issue of developing pupils’ speech through vocabulary-based activities in primary school native language lessons from the perspective of modern pedagogy and linguodidactics. The study analyzes the psycholinguistic foundations of speech activity, the mechanisms of forming students’ communicative competence, and the didactic potential of vocabulary instruction. The study uses the analysis of normative documents and scientific-pedagogical literature, comparative-analytical and generalisation methods. The views of L.S. Vygotsky, A.A. Leontiev, D.B. Elkonin, K.D. Ushinsky, M.R. Lvov, T.G. Ramzaeva and Uzbek scholars are summarised, and it is shown that organising vocabulary work as a comprehensive methodological system and assessing its results remain insufficiently studied.

Kalit so'zlar
lingvodidaktika nutqiy kompetensiya kommunikativ yondashuv ona tili metodikasi so‘z semantikasi lug‘at ustida ishlash interfaol texnologiyalar psixolingvistika kreativ tafakkur
Bibliografik ma'lumot
JurnalLingvotek: So'z va Sun'iy Intellekt
Yo'nalishTil va ta'lim: nazariy va amaliy tilshunoslik
Son2026 yil, 2-son
Betlar117–121
Nashr sanasi
TilO'zbek