KELAJAK TA’LIMI: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT
THE FUTURE OF EDUCATION: ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN TEACHING ENGLISH TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Maqolada hozirgi globallashuv davrida til o‘rganish va boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari uchun o‘qitish jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish va uning ahamiyati haqida so‘z boradi. Bunga qo‘shimcha tarzda shaxsiylashtirilgan ta’lim, talaffuzni tahlil qilish va avtomatik baholash mexanizmlarining ustunliklari zamonaviy platformalar (Duolingo, ELSA Speak, Grammarly, Lingokids) misolida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maktablarda o‘qitish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellektning afzalliklari va kamchiliklari qiyosiy yoritilgan. Tahlil sun’iy intellekt o‘qituvchining o‘rnini bosmasligi, balki uning yordamchisi ekanini hamda eng samarali yo‘l uni an’anaviy o‘qitish bilan uyg‘unlashtirish ekanini ko‘rsatdi. Yakuniy qismda kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlar ham keltirilgan.
The article discusses the use and importance of artificial intelligence in teaching English to primary school pupils in the era of globalisation. The advantages of personalised learning, pronunciation analysis and automatic assessment are examined using modern platforms (Duolingo, ELSA Speak, Grammarly, Lingokids) as examples. The advantages and disadvantages of artificial intelligence for primary school pupils in school teaching are also compared. The analysis shows that artificial intelligence does not replace the teacher but serves as an assistant, and that the most effective approach is to combine it with traditional teaching. Promising future directions are outlined in the final part.