Kirish
2026/2-son

OMON MATJON SHE’RIYATIDA IJTIMOIY ONG VA MILLIY KELAJAK TALQINI

THE INTERPRETATION OF SOCIAL CONSCIOUSNESS AND THE NATIONAL FUTURE IN OMON MATJON’S POETRY**

MAMASHARIPOVA  MOHIYA  MELIBOY QIZI
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
PHD
Annotatsiya

Mazkur maqolada Omon Matjon she’riyati misolida lirik qahramon obrazining o‘ziga xos xususiyatlari, uning tafakkur doirasi, ijtimoiy ong darajasi hamda milliy qadriyatlarga munosabati tahlil qilinadi. Xususan, shoirning she’rlari asosida lirik qahramonning kelajak oldidagi mas’uliyat hissi, vatanparvarlik tuyg‘usi va jamiyatga daxldorlik pozitsiyasi ochib beriladi. Tadqiqotda badiiy-tahliliy va matn tahlili usullari asosida lirik qahramonning ichki kechinmalari ritorik savollar vositasida ifodalanishi, bu savollarning badiiy-estetik hamda falsafiy ahamiyati yoritiladi. Tahlil natijasida lirik qahramonning tafakkurchan, ijtimoiy ongli, millatparvar va mas’uliyatli shaxs sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Shuningdek, maqolada mazkur obrazning tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyati ham asoslab beriladi.

Abstract

This article analyzes the distinctive features of the lyrical hero’s image in the poetry of Omon Matjon, including the scope of his thinking, the level of his social consciousness, and his attitude toward national values. In particular, based on the poet’s poems, the study reveals the lyrical hero’s sense of responsibility toward the future, patriotic feelings, and position of social involvement. Using methods of literary and textual analysis, the research examines how the inner experiences of the lyrical hero are expressed through rhetorical questions and highlights the artistic-aesthetic as well as philosophical significance of these questions. The analysis shows that the lyrical hero appears as a thoughtful, socially conscious, patriotic and responsible personality. Furthermore, the article substantiates the educational and social importance of this image.

Kalit so'zlar
lirik qahramon tafakkur ijtimoiy ong vatanparvarlik milliy o‘zlik tarix ona tili kelajak mas’uliyat ritorik so‘roq.
Bibliografik ma'lumot
JurnalLingvotek: So'z va Sun'iy Intellekt
Yo'nalishBadiiy tafakkur va matn: adabiyotshunoslik va badiiy matn tahlili
Son2026 yil, 2-son
Betlar34–40
Nashr sanasi
TilO'zbek