Kirish
2026/2-son

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HARBIY KIYIM VA UNVONLARNI IFODALOVCHI LEKSIK ATAMALARNING STRUKTUR-SEMANTIK TAHLILI

A STRUCTURAL-SEMANTIC ANALYSIS OF LEXICAL TERMS DENOTING MILITARY UNIFORMS AND RANKS IN ENGLISH AND UZBEK

ISMAILOV  ABDURASHID  ISAKOVICH
Andijon davlat chet tillari instituti
PHD
Annotatsiya

Mazkur maqolada harbiy soha terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, ingliz va o‘zbek tillarida harbiy kiyim va unvonlarni ifodalovchi leksik atamalarning struktur-semantik jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi harbiy atamalarni struktur-semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilishdan iborat bo‘lib, bu nafaqat ikki tildagi harbiy atamalarni solishtirish, balki ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Tadqiqot materiali ingliz va o‘zbek tillarining izohli lug‘atlari hamda NATOTerm terminologik bazasidan saralab olindi; qiyosiy-chog‘ishtirma, struktur-morfologik va komponent tahlil usullari qo‘llanildi. Natijada har ikki tilda harbiy kiyim va unvon atamalari tub, yasama va qo‘shma so‘zlar shaklida namoyon bo‘lishi, o‘zbek tilida rus tili orqali o‘zlashgan birliklar muhim qatlamni tashkil etishi aniqlandi.

Abstract

The article examines the specific features of military terminology and the structural-semantic properties of lexical terms denoting military uniforms and ranks in English and Uzbek. The aim of the study is to carry out a contrastive structural-semantic analysis of military terms in the two languages, which makes it possible not only to compare English and Uzbek military terms but also to identify their distinctive features. The material was selected from explanatory dictionaries of English and Uzbek and the NATOTerm terminology database; contrastive, structural-morphological and componential methods of analysis were applied. The results show that in both languages terms for military uniforms and ranks are represented by simple, derived and compound words, while borrowings that entered Uzbek through Russian form a significant layer of the Uzbek military terminological system.

Kalit so'zlar
terminologiya harbiy atamalar harbiy kiyim harbiy unvon leksik birlik struktur-semantik xususiyat tub so‘z yasama so‘z qo‘shma so‘z terminologik tizim.
Bibliografik ma'lumot
JurnalLingvotek: So'z va Sun'iy Intellekt
Yo'nalishLingvistik birliklar tadqiqi: leksikografiya, terminologiya va frazeologiya
Son2026 yil, 2-son
Betlar20–27
Nashr sanasi
TilO'zbek