INGLIZ TILI MAQOL VA MATALLARIDA ANTONIMLIK FENOMENI VA ULARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada ingliz tili maqol va matallarida antonimlik hodisasining lingvistik, semantik hamda lingvokulturologik jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda antonim birliklarning paremiologik birliklar tarkibida qo‘llanish xususiyatlari, ularning semantik oppozitsiya hosil qilishdagi o‘rni hamda badiiy-estetik va pragmatik funksiyalari yoritilgan. Xususan, ingliz maqollarida antonimlar orqali qarama-qarshilik, obrazlilik, ritmik uyg‘unlik va didaktik mazmunning shakllanishi misollar yordamida izohlanadi. Shuningdek, antonimlikning xalq tafakkuri, milliy-madaniy qadriyatlar va axloqiy me’yorlarni ifodalovchi muhim stilistik vosita sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ingliz tili maqol va matallarida antonimlik hodisasi paremiologik birliklarning semantik va pragmatik tuzilishida markaziy o‘rin egallashini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari paremiologik birliklarda antonimlarning nafaqat til hodisasi, balki lingvokulturologik va kommunikativ vosita sifatida ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
This article analyzes the linguistic, semantic and linguocultural aspects of the phenomenon of antonymy in English proverbs and sayings on a scientific basis. The study highlights the features of the use of antonymic units in the structure of paremiological units, their role in creating semantic opposition, and their artistic, aesthetic and pragmatic functions. In particular, the formation of opposition, imagery, rhythmic harmony and didactic content through antonyms in English proverbs is explained with the help of examples. The importance of antonymy as an important stylistic tool expressing folk thinking, national-cultural values and moral norms is also revealed. According to the results of the analysis, the phenomenon of antonymy in English proverbs and sayings occupies a central place in the semantic and pragmatic structure of paremiological units. The results of the study show that antonyms in paremiological units play an important role not only as a linguistic phenomenon, but also as a linguocultural and communicative tool.